Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyat birinchiligida kimlar gʻolib boʻldi
15:42 / 2018-11-05

Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya universitetida sportning futbol, futzal, stol tennisi, basketbol, voleybol va yengil atletika turlari boʻyicha Toshkent viloyat birinchiligi oʻtkazildi.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqa “Yoshlar haftaligi” doirasida oʻtkazilib, unda viloyatdan jami 280 nafar yosh qatnashdi.

Musobaqaning futbol bahslarida OʻDJTU jamoasi, futzal sport turi boʻyicha Yangiyoʻl shahar jamoasi, stol tennisi va voleybol boʻyicha Ohangaron shahri jamoasi, basketbol hamda yengil atletika boʻyicha Chirchiq shahar jamoasi shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.