Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov Xitoy Xalq Respublikasi Xitoy Kommunistik partiyasining Tyanszin shahar qo‘mitasi kotibi Chen Miner bilan uchrashdi.
Tadbirda tomonlar Toshkent va Tyanszin o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Umurzoqov Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi Buyuk ipak yo‘lidan boshlab davom etib kelayotgan tarixiy aloqalarning ahamiyatini ta’kidladi. U yirik loyihalarni amalga oshirish, mintaqalararo hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi muhim o‘rin tutishini qayd etdi.
Shuningdek, muloqotda Toshkent va Xitoyning turli hududlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlashning barqaror o‘sib borayotgani, O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi 800 dan ortiq korxona qulay biznes sharoitida faoliyat yuritayotgani xususida so‘z bordi.

Uchrashuv doirasida mehmonlarga "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasida yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Chen Miner samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, tashrif ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lganiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ikki shahar hokimlari tomonidan imzolangan Toshkent va Tyanszin o‘rtasida hamkorlik bitimlarini almashdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA