Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent va Sirdaryoda eng kuchli gimnastikachilar aniqlandi
08:23 / 2025-08-24

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida badiiy gimnastika bo‘yicha “Prezident Olimpiadasi”ga saralashning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Musobaqa yakunlari bo‘yicha eng kuchli gimnastikchilar aniqlandi.

Poytaxtlik sportchilarni saralash Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika bo‘yicha ixtisoslashgan sport maktab bazasida bo‘lib o‘tdi. Unda Natalya Usova birinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Lola Jo‘rayeva va Viktoriya Nikiforova kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha ixtisoslashgan maktabda o‘tkazilgan saralash bosqichi ham qizg‘in va raqobatga boy bo‘ldi. Bellashuvlar yakunida Odina Ergashova, Rayxona Alibekova  va Mastura Qodirova shohsupaga ko‘tarildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA