Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent va Shanxay o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
15:04 / 2024-01-24

Toshkent shahar hokimi v.b Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay shahri meri Gong Chjen bilan uchrashdi.

Toshkent shahar xokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik uzoq tarixga ega ekanini ta’kidladi.  

Sh.Umurzoqov Toshkent shahrini rivojlantirish istiqbollariga to‘xtalib, loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash taklifini bildirdi. Janob Gong Chjen Toshkent shahri bilan shahar boshqaruvini kuchaytirish, turizm sohasini rivojlantirish, tashqi savdo va sarmoya hajmini oshirishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.  

Shuningdek, Toshkent shahri uchun Shanxayning shaharsozlik bo‘yicha boy tajribasini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni davom ettirish muhimligi, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy hamkorlik bugungi kunda yangi strategik bosqichga ko‘tarilgani, bu davlatlarning siyosiy irodasi va tashabbuslari bilan bevosita bog‘liq ekanini ta’kidlandi.  

Shundan so‘ng, Toshkent shahrida xitoylik hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.  

Shanxay meri barcha takliflarni qo‘llab-quvvatlashini hamda har tomonlama yordam va hamkorlikka tayyorligini bildirdi.  

Uchrashuv so‘ngida Toshkent shahar hokimligi va Shanxay meriyasi o‘rtasidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha Toshkent va Shanxay o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA