Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent va Samarqandda voleybol bo‘yicha mamlakat chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda
10:28 / 2026-02-12

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston chempionatining oliy liga erkaklar jamoalari o‘rtasidagi 2-tur o‘yinlari bir vaqtning o‘zida ikki shaharda — Toshkent shahridagi «Olimpiya shaharchasi» hamda Samarqand shahridagi o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘lib o‘tmoqda.

Poytaxtda tashkil etilgan musobaqalarda 8 ta jamoa — «Parvoz» (Namangan), FarDU (Farg‘ona), «Humo» (IIV), QDU (Qoraqalpog‘iston), «Ziyokor» (Jizzax), BuxDU (Buxoro), «Lochin» (Qashqadaryo) va UrDU (Urgench) g‘oliblik uchun kurashmoqda.

[gallery-27611]

Samarqanddagi bellashuvlarda esa ADTI (Andijon), AGMK, IIV Akademiyasi, Road Patrol, «So‘g‘diyona konchi» (Navoiy), BuxDPI (Buxoro), TerDU (Surxondaryo), SamDPI (Samarqand) hamda Uztelecom (Toshkent) jamoalari — jami 9 ta jamoa qizg‘in va murosasiz o‘yinlar namoyish etmoqda.

[gallery-27609]

Chempionat bahslari joriy yilning 16-fevraliga qadar davom etadi. Besh turdan iborat musobaqaning keyingi bosqichlari mart–aprel–may oylarida Toshkent shahri, shuningdek Samarqand va Buxoro viloyatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

[gallery-27610]

Muhammad AMIN, O‘ktam Hayitov va

Mumtozbegim Abdumo‘minova, O‘zA fotomuxbirlari