Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent va Qozon o‘rtasida parvozlar yo‘lga qo‘yildi
20:06 / 2024-07-11

Rossiyaning “UVT Aero” aviakompaniyasi Qozon va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘ygani haqida ma’lum qildi.

4 avgustdan boshlab bunday parvozlar haftada bir marta —yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi amalga oshiriladi.  Yo‘nalishga Bombardier CRJ-200 samolyotlari xizmat ko‘rsatadi.    

“UVT Aero” 2023 yilning avgust oyida O‘zbekistonga parvoz qilish uchun ruxsat olgan, sentyabr oyidan esa Qozon-Samarqand-Qozon yo‘nalishi bo‘yicha haftalik reyslarni amalga oshirishga kirishdi. Joriy yilning qishida aviatashuvchining Toshkent va Buxoroga parvozlar yo‘lga qo‘yishi to‘g‘risidagi rejalari ma’lum bo‘ldi.    

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA