French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent va Moskva o‘rtasida temiryo‘l qatnovlari tiklanadi
08:47 / 2024-08-24

2024 yil 24 sentyabrdan «Toshkent — Moskva — Toshkent» yo‘nalishida qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi.

Qatnovlar 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan edi. Qayd qilinishicha, Toshkent — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha birinchi poyezd 24 sentyabrda yo‘lga chiqadi. Keyingi qatnovlar 2 oktyabr, 10 oktyabr, 26 oktyabr, 2 noyabr, 18 noyabr, 26 noyabr, 4 dekabr, 12 dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Moskva — Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd 28 sentyabr kuni yo‘lga chiqadi. Navbatdagi qatnovlar 6 oktyabr, 14 oktyabr, 30 oktyabr, 6 noyabr, 22 noyabr, 30 noyabr va 8 dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Chiptalarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» sayti orqali xarid qilish mumkin. 24 sentyabrda jo‘naydigan poyezd uchun quyidagi narxlar belgilangan:

- platskart — 2 616 770 so‘m,

- kupe — 3 574 240 so‘m (282 AQSH dollari).

Kompaniyaning ta’kidlashicha, chiptalarni oldindan sotib olishda chegirma beriladi. Misol uchun, poyezd jo‘nashidan 41-45 kun oldin sotib olinsa, asosiy narxning 35 foizi miqdoridagi eng katta chegirmaga ega bo‘lish mumkin.

Sh. Mamaturopova, O‘zA