French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent va Bangkokda futbolchilarimizni jiddiy sinovlar kutmoqda
11:48 / 2023-06-20

Bugun, 20 iyun kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston-Eron jamoalari “CAFA Nationʼs Cup 2023" finalida omadli jamoa nomiga aniqlik kiritsa, Bangkokdagi “Tammasat” stadionida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining ikkinchi turida Hindistonga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo kubogining “D” guruhida keyingi bosqichga chiqish uchun kurash olib borayotgan o‘smirlarmiz ilk turda Yaponiya termasi bilan murosa yo‘lini tanlagan edi – 1:1. Xuddi shuningdek, ushbu guruhdan joy olgan Vetnam-Hindiston uchrashuvida ham durang natija (1:1) qayd etilib, 1-tur yakunlaridan keyin barcha jamoalar 1 ochkoga ega bo‘lib turibdi.  

Bugun O‘zbekiston-Hindiston, Yaponiya-Vetnam jamoalari o‘rtasidagi o‘yin sarhisobi jamoalarning guruhdagi o‘rinlari qaysi pog‘onada bo‘lishiga oydinlik kiritadi.  

U-17 Osiyo kubogida qatnashayotgan terma jamoamiz a’zolari 3-tur o‘yinini 23 iyun kuni Vetnam jamoasiga qarshi o‘tkazadi.  

Aytish lozim, 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Tailandda o‘tayotgan qit’a kubogi bahslarida 16 jamoa 4 ta guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.  

Joriy yilning 2 iyuligacha davom etadigan qit’a kubogida eng yaxshi natijaga erishgan 4 ta jamoa joriy yilning noyabr oyida bo‘ladigan U-17 Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.  

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA