Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent tumanida to‘xtatilgan avtoulovdan giyohvand modda topildi
20:41 / 2022-08-13

Joriy yil 10 avgust kuni soat 17:00 larda Toshkent tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori R.Matkarimov tomonidan tekshirish maqsadida “Spark” rusumli transport vositasini to‘xtatib tekshirildi.

Shu payt ushbu avtoulovning yo‘lovchilari YPX inspektorida shubha uyg‘otadi. Shundan so‘ng, avtoulov va undagi yo‘lovchilar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yo‘lovchi 1989 yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi Q.S. oldidan 1 dona salafan paket bo‘lagiga o‘ralgan, dumaloq shakldagi, qora rangli, saqichsimon, o‘tkir hidli, “Gashish” giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanadi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, S. ushbu giyohvand modda o‘zining shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i, "Spark" avtoulovida yo‘lovchi bo‘lgan Angren shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan M.M. ga tegishli ekanligini ma’lum qilgan.

Olingan ashyoviy dalillar va fuqarolar Toshkent tumani IIBga topshirildi.

A.Musayev, O‘zA