Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent tumanida o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy inshootlar buzdirildi
18:47 / 2026-02-09

Majburiy ijro byurosi Toshkent tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining tegishli ijro hujjati asosida ijro ishi qo‘zg‘atildi.

Ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor X.N. tomonidan Toshkent tumani “Bunyodkor” MFY, Zarbuloq ko‘chasida joylashgan 0,756 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, ushbu hududda noqonuniy qurilmalar barpo etilgani aniqlangan.

Sud qarori bilan noqonuniy qurilmalarni qarzdor tomonidan yoki uning hisobidan buzdirish hamda yer maydonini asl holatiga keltirish belgilangan. Qarzdorga ixtiyoriy ijro uchun berilgan muddatda talablar bajarilmagan.

Shundan so‘ng, davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlar buzdirildi va 0,756 gektar yo‘l hududi to‘liq asl holatiga keltirildi.

Natijada ijro hujjati amalda tamomlandi. Shu bilan birga, bo‘lim ish yurituvidagi shu toifadagi ijro hujjatlari bo‘yicha ham qonun talablariga muvofiq tizimli va jadal ijro choralari ko‘rilmoqda.

Hamroz Bayanov, O‘zA