Toshkent tumanida “Katibatul Tavxid val-Jihod” terroristik tashkiloti a’zolari ushlandi
Toshkent viloyati IIBB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor profilaktik tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Viloyatning Toshkent tumanida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida “Katibatul Tavxid val-Jihod” terroristik tashkilotning g‘oyaviy ta’siriga tushib, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelgan 8 nafar a’zosi qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, ular 22-25 yoshlardagi shaxslar bo‘lib, o‘zaro kelishgan holda, kelgusida Suriya davlatiga chiqib “Katibatul Tavxid val-Jihod” terroristik tashkiloti jangarilari safiga qo‘shilishni reja qilgan.
Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surushtiruv, tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.Musayev, O‘zA