Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent tumani aholisi ham referendumda faol ishtirok etmoqda
14:14 / 2023-04-30

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Bu siyosiy jarayonda Toshkent viloyati Toshkent tumani aholisi ham faol ishtirok etmoqda.  

Ayni chog‘da tumandagi 553-referendum uchastkasi ovoz beruvchilar  bilan gavjum. Ularning asosiy  maqsadi esa O‘zbekiston kelajagi va farovon hayotni ta’minlashdagi ezgu ishlarga o‘z hissasini qo‘shish va referendumda ovoz berishdir.  

Ushbu referendum uchastkasida "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov ham o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalandi.  

 Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA