Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi Indoneziyadagi ko‘rgazmada ishtirok etdi
14:27 / 2025-02-02

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mamlakatimizning turizm salohiyati va madaniy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida «Osiyo davlatlari milliy modasi va san’ati» ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir 2025 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.

Anjumanda o‘zbek milliy liboslari va qo‘l mehnati mahsulotlari namoyish etilib, turli davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi Komila Sobirova o‘z kolleksiyasi bilan qatnashdi. Kolleksiya barcha mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.  

Osiyo davlatlari vakillari o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu memorandumga Komila Sobirova ham imzochekdi.  

Tadbirning ikkinchi kunida institut va elchixona vakillari tomonidan katta qozonda osh damlandi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar va mahalliy aholi oshning tayyorlanish jarayonida ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, mazkur tadbir O‘zbekistonning milliy qadriyatlari va an’anaviy san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish barobarida, xorijiy davlatlar bilan madaniy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zA