Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent tarixidan so‘zlovchi kitob
18:01 / 2022-07-27

Ona-Toshkentimiz tarixida uning qadimdan Sebzor deb nomlangan maskani o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ustoz yozuvchi va shoirlarimiz, ma’rifatparvar bobolarimizning hayoti, ibratli faoliyati ayni shu maskan bilan bog‘liq.

Taniqli adiba Risolat Haydarovaning “Sebzor” deb nomlangan yangi kitobi  Toshkentning qadim tarixiy maskanlari, toshkentcha urf-odatlar, udumlar, an’analar haqida hikoya qiladi.  Mamlakatimiz tarixida ro‘y bergan voqealarning oddiy kishilar hayotida qoldirgan izi to‘g‘risida so‘z yuritadi.

Zero, Sebzor poytaxtimiz milliy qiyofasining ajralmas qismi, qadriyatlar avaylab-asralgan maskan sifatida ardoqlidir. Kitobdan, shuningdek, adibaning qator esselari, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Muhammad Ali, Anvar Obidjon kabi adabiyotimiz darg‘alari bilan birga, jahon adabiyotining yirik vakillari – Ivo Andrich, Vole Shoyinka, Aleksandr Soljenitsin, Aleksandr Belyayev ijodining ba’zi qirralari tahlil qilingan maqolalar o‘rin olgan. Ushbu kitob “Sahhof" nashriyotida chop etilgan.

O‘zA