Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent tajribasi” loyihasiga start berildi
12:21 / 2025-08-28

Joriy yil 15 may kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mas’ullarga Toshkent shahridagi maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berilgan edi.

Shunga ko‘ra, endilikda poytaxtimizdagi maktablarda topshiriq asosida kerakli chora-tadbirlar qilinmoqda. Xususan, Bektemir tumanidagi 358, Mirobod tumanidagi 154, M.Ulug‘bek tumanidagi 121, Olmazor tumanidagi 16, Sergeli tumanidagi 266, Uchtepa tumanidagi 4, Chilonzor tumanidagi 200, Shayxontohur tumanidagi 84, Yunusobod tumanidagi 88, Yakkasaroy tumanidagi 73, Yangihayot tumanidagi 332 hamda Yashnobod tumanidagi 339-sonli maktablarda sinf xonalari ta’mirlanadi, robototexnika va VR-realiti xonalari tashkil etiladi.

Shuningdek, fizika, kimyo, biologiya va informatika laboratoriyalari zamonaviy jihozlanadi, sport anjomlari, badiiy adabiyotlar va ko‘rgazmali jihozlar xarid qilinadi.

O‘qituvchilar tanlov asosida saralanib, ilg‘or metodlar asosida dars berishiga a’lohida ahamiyat qaratiladi. O‘qituvchilarga dars jarayonida o‘quvchilarni qiziqtira olish darajasi va ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari asosida ish samaradorligi baholanadi hamda shu mezonlarga ko‘ra qo‘shimcha haq to‘lash tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, xalqaro baholash dasturlari PISA, TIMSS, PIRLS va STEAM ta’lim standartlari joriy qilinadi.

Maktab o‘quvchilarining ovqatlanishi esa tuman byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu loyiha ta’limni yangi bosqichga olib chiqib, o‘quvchilarga chuqur bilim berish, sertifikatlar olish va oliygohlarga tayyorgarlik ko‘rishda katta imkoniyat yaratadi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA