Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent tajribasi” loyihasi qamrovi kengaymoqda
16:49 / 2025-10-06

Poytaxtimizda o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga qaratilgan “Toshkent tajribasi” loyihasi o‘quv rejalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, 2025-2026 o‘quv yillarida Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan, jami 12 ta umumta’lim maktabida ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish maqsadida amalga oshirilayotgan “Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida o‘quv rejalari taqdimoti hamda pedagog xodimlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o‘tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari Iroda Saibova, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Abdujamin Karimov, maktab direktor va o‘rinbosarlari, 157 nafar pedagog hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga 2025-2026 o‘quv yiliga oid o‘quv rejalari taqdim etildi, darslar taqsimoti kelishib olindi, umumta’lim va kasbiy ta’lim fanlarini o‘qitishning tartiblari belgilandi.

Darslar jami 60 ta sinfni qamrab oldi, jumladan, har bir maktabda 5 tadan sinf tanlab olindi. Mashg‘ulotlar quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, xususan, tibbiyot sohasi, biznes va menejment, axborot texnologiyalari va dasturlash, sotsiologiya va gumanitar fanlar hamda muhandislik texnologiyalari bo‘yicha olib borildi.

Loyiha doirasida saralangan 1 ming 800 nafar o‘quvchi chuqurlashtirilgan kasbiy  yo‘nalishlarda tahsil olishi belgilandi. Shuningdek, pedagoglarning faoliyati Toshkent shahar hokimligi tomonidan KPI tizimi asosida rag‘batlantiriladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA