Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent suv taʼminoti transformatsiyasining rejasi
16:16 / 2020-06-16

Toshkent shahri hokimligi va ekologik xizmatlar borasida jahondagi yetakchi tashkilotlardan biri – Fransiyaning SUEZ kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.


Toshkent shahri hokimligi va ekologik xizmatlar borasida jahondagi yetakchi tashkilotlardan biri – Fransiyaning SUEZ kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Shahar hokimligi, “SUEZ”ning Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Kavkaz hududi boʻyicha bosh direksiyasi va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan imzolangan shartnomaga muvofiq, “Toshkent suv taʼminoti transformatsiyasining rejasi” nomli 7 yillik istiqbolli va innovatsion loyiha amalga oshiriladi.

Toshkent shahri hokimi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonqulovning taʼkidlashicha, ushbu loyihaning umumiy qiymati 185,4 million yevroga teng. Shundan 142 million yevro Yevropaning yetakchi banklari kreditlari hisobidan oʻzlashtiriladi. Mablagʻlar shahar suv taʼminoti va oqava suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish va tizim boshqaruvini eng yuqori xalqaro standartlar darajasida takomillashtirishga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, loyiha doirasida dunyodagi 80 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib borayotgan SUEZning 150-yillik tajribasiga tayangan holda, intellektual boshqaruv boʻyicha eng ilgʻor texnologiyalar joriy qilinadi, nou-xaular hayotga tadbiq etiladi.

Mazkur ijtimoiy loyiha davlatimizning ilgʻor xorijiy tajriba koʻmagida fuqarolar uchun kommunal xizmatlarni yangilash va kengaytirishga boʻlgan yondashuviga toʻliq mos keladi.

Toshkent suv taʼminoti transformatsiyasi loyihasi mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ham salmoqli hissa qoʻshadi. Uskunalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi natijasida Toshkentda yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Bundan tashqari suv taʼminoti boʻyicha yuzlab mahalliy mutaxassislar shahrimizda va xorijda oʻz malakalarini oshirishadi, - deya taʼkidladi Baxtiyor Rahmonqulov.

Hozirgi kunda Texnik topshiriqning texnik-iqtisodiy asoslash uchun Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Tarmoq ilmiy-texnik Kengashi (TITK)ga taqdim etilgan kelishilgan loyihasi koʻrib chiqilmoqda.