Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent soliq kollejida Koreys o‘quv markazi tashkil etiladi
16:48 / 2020-01-09

Janubiy Koreya Tegu (Daegu) universitetining Xalqaro munosabatlar departamenti bosh menejeri Pak Dongvon boshchiligidagi delegatsiya Toshkent soliq kolleji faoliyati bilan tanishdi.


Janubiy Koreya Tegu (Daegu) universitetining Xalqaro munosabatlar departamenti bosh menejeri Pak Dongvon boshchiligidagi delegatsiya Toshkent soliq kolleji faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif doirasida kollej jamoasi va o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda ta’lim sohasidagi hamkorlik munosabatlari xususida so‘z borib, o‘zaro hamkorlik, ikki tomonlama tajriba almashish hamda soliq tizimida malakali mutaxassislarini tayyorlashda Koreya tajribasidan foydalanish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda bosh menejer Pak Dongvon yoshlarga Tegu (Daegu) universiteti, o‘qishga kirish shartlari, talabalarning hayoti haqida gapirib berdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida boshqaruv, ta’lim, kadrlar almashinuvi kabi o‘zaro hamkorlik dasturlarini hayotga tatbiq etish, tajriba o‘rganish, samarali loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib olindi.

O‘zaro do‘stona munosabatlarga yo‘g‘rilgan, samimiy uchrashuv so‘ngida soliq kollejida Koreys o‘quv markazini tashkil qilish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif ma’qullandi.