Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent SMIIC-20: Nufuzli anjuman ilk bor Markaziy Osiyoda
10:32 / 2025-11-14

Toshkent shahrida Islom mamlakatlari standart va metrologiya institutlari (SMIIC) 20-Bosh assambleyasi o‘z ishini yakunladi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston va butun mintaqa uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi, chunki SMIIC qariyb 15 yillik faoliyati davomida asosiy yig‘ilishini birinchi marta Markaziy Osiyo mamlakatiga ishonib topshirdi.

2024 yil noyabrda Istanbulda o‘tgan 19-Bosh Assambleya doirasida qabul qilingan mazkur qaror Yangi O‘zbekistonda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganining yuksak e’tirofidir. Zero, mamlakatimizda savdo tizimi takomillashayotgani, respublikamizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi jarayoni jadallashgani, xalqaro standart bilan uyg‘unlashgan yashil iqtisodiyot hamda raqamlashtirish siyosatimiz xalqaro miqyosda tan olinayotgani bugun hech kimga sir emas.

2010 yil OIC tizimiga a’zo davlatlar tomonidan tuzilgan SMIIC bugungi kunda 48 mamlakatni birlashtirgan. O‘zbekiston 2019 yildan buyon tashkilotning to‘laqonli a’zosi hisoblanadi va shu muddat mobaynida mamlakatda 70 dan ziyod xalqaro SMIIC standarti joriy etildi.

Toshkentdagi yig‘ilishda barcha a’zo davlatlar delegatsiyalari, shuningdek OIC, UNIDO, GSO, AIDSMO, IOFS kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar va olimlar ishtirok etdi. Uch kun davomida xalqaro savdodagi texnik to‘siqlarni kamaytirish, standartlashtirish va metrologiyani zamonaviy talablarga moslashtirish, muvofiqlikni baholash tizimini yaxshilash, kelgusi dasturlar va byudjet kabi ustuvor masalalar muhokama qilindi. Maxsus uchrashuvlar, sho‘’ba yig‘ilishlari, davra suhbatlari o‘tkazildi.

Mehmonlar uchun poytaxtimizning tarixiy va iqtisodiy salohiyatini namoyon qiluvchi madaniy dasturlar ham tashkil etildi. Bu nafaqat ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlaydi, balki O‘zbekistonning xalqaro maydondagi diplomatik nufuzini yanada oshiradi.

SMIIC Bosh assambleyasini qabul qilish orqali Toshkent yirik iqtisodiy va diplomatik markaz sifatidagi o‘rnini mustahkamladi. Tadbir xalqaro standartlashtirish siyosati kelajagini belgilashda mamlakatimiz faol ishtirok etayotgani, iqtisodiy islohotlarimiz, barqaror rivojlanish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor tasdiqladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ugvbVqusvuU" title="Toshkent SMIIC-20: Nufuzli anjuman ilk bor Markaziy Osiyoda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Hamroz Bayanov (video), O‘ktam Hayitov (surat),

O‘zA