Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shaxmat bo‘yicha "Al-Beruniy" II xalqaro turniriga mezbonlik qiladi
14:16 / 2025-02-03

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 68 ming 700 AQSH dollaridan iborat "Al-Beruniy" II xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 3 fevraldan boshlanadigan nufuzli musobaqa uch guruhda o‘tkaziladi. "Masters" guruhida reytingi 2600 va undan yuqori bo‘lgan 6 nafar xorijlik va 4 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi dona suradi.  

FIDE bayrog‘i ostida qatnashadigan rossiyaliklardan Vladislav Artemev, rapid bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Volodar Murzin, armanistonlik Xayk Martirosyan va Shant Sargsyan kabi taniqli grossmeysterlar qatorida Abdumalik Abdusalimov, Muhiddin Madaminov, Ortiq Nig‘matovdek yosh grossmeysterlarimiz hamda yoshlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova “Masters” guruhida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.  

Turnirning "Chellenjer" guruhida reytingi 2500, "Fyuchers" guruhida esa reytingi 2400 va undan yuqori 6 nafar xorijlik shaxmatchi ishtirok etishi tasdiqlandi.  

9 raundli aylanma tizimda tashkil etiladigan bahslar 12 fevralga qadar davom etadi.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA