Toshkent shahridagi Sultoniya ko‘chasining bir qismi 30 aprelgacha yopildi
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sultoniya ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidan to Sultoniya 5-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 2025 yil 10 aprel soat 10:00 dan 30 aprel soat 17:00 gacha transport harakati qisman cheklanadi.
Bu davrda ko‘chada yuqori kuchlanishli (10 kV) yer osti elektr uzatish kabel liniyalarini o‘tkazish ishlari olib boriladi. Harakatlanish bir qatorda amalga oshiriladi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA