English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahridagi piyodalar o‘tish joylarini tartibga keltirish uchun 2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
17:13 / 2025-05-20

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov joriy yilning 20 may kuni "Mablag‘ ajratish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Ushbu hujjatda qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga 2 044,0 million (ikki milliard qirq to‘rt million) so‘m mablag‘ ajratish belgilandi.  

Jumladan, YTHlarning oldini olish uchun ko‘cha va yo‘llar bo‘ylab temir panjara o‘rnatish uchun 1 milliard 456 million so‘m ajratiladi. Jami 5600 metrlik panjaralar o‘rnatiladi.  

Qolaversa, voyaga yetmaganlar o‘rtasida YTHlarni kamaytirish uchun qavariq piyodalar o‘tish joyi qurishga 588 million so‘m ajratiladi. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA