French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarda elektr energiyasi o‘g‘rincha ishlatilgan
11:40 / 2024-07-15

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlanishicha, Yashnobod tumanida faoliyat yuritayotgan “I.S.T.” MCHJ elektr qurilmalarining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatgan. Natijada 9 qavatli uyning 4 ta lifti va 40 dona yoritgichi uchun elektr energiyasi o‘g‘rincha ishlatilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 61,8 million so‘mni tashkil etgan.   

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.   

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA