Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahridagi davlat aktivi 49 mlrd so‘m qimmatroqqa sotildi
11:53 / 2022-04-25

Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi Ma’muriy bino uchun e-auksion.uz platformasida qizg‘in onlayn-auksion o‘tkazildi.

Boshlang‘ich narxi 75,6 mlrd so‘m bo‘lgan davlat mulki ob’ekti shaffof auksion natijasida 124,7 mlrd so‘mga yoki 49,1 mlrd so‘m qimmatroqqa sotildi (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=1595436). Onlayn savdo qariyb 1 soat 20 daqiqa davom etdi.

Onlayn auksionda 5 nafar ishtirokchi ishtirok etib, ishtirokchilar tomonidan 13 qadam yuqori narx tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, ushbu davlat aktivi 1,3 gektar yer maydoniga ega.