French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahridagi 150 gektar yashil maydon karantin nazoratidan oʻtkazildi
11:21 / 2020-05-19

Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi poytaxt hududining fitosanitar xavfsizligini taʼminlash, zararkunandalar tarqalishining oldini olish maqsadida nazorat ishlarini yoʻlga qoʻygan.


Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi poytaxt hududining fitosanitar xavfsizligini taʼminlash, zararkunandalar tarqalishining oldini olish maqsadida nazorat ishlarini yoʻlga qoʻygan.

Xususan, tumanlarga biriktirilgan agronom inspektorlar karantin ostidagi mahsulotni saqlash, qayta ishlash, realizatsiya va qabul qilish punktlari, ularga tutash hududlarni, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy yerlarni karantin nazoratidan oʻtkazdi.

Natijada 150 gektar yashil maydon karantin nazoratidan oʻtkazildi va 111 dona karantin nazorati dalolatnomasi rasmiylashtirildi. 14 xil zararkunandaga qarshi 280 dona feromon tutqich oʻrnatildi. 8 mingdan ziyod manzarali va mevali daraxtga Bi-58, Bagira, Karate, Amrel va boshqa kimyoviy preparatlar bilan ishlov berildi. Qishloq xoʻjaligi va karantin osti mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi 68 tashkilotning omborxonalari xatlovdan oʻtkazildi.

– Inspeksiyaning agronom fumigatorlari zararsizlantirish chora-tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda, – deydi Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi agronom inspektori Islom Sherdanov. – Bu jarayonda xorijdan fitosanitar talablariga javob bermaydigan 2,5 tonna va 120 dona mahsulot kirib kelishining oldi olindi.

Toshkent shahri hududida olib borilayotgan bu kabi tadbirlar, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti borasida chet el mamlakatlari, kompaniya va korporatsiyalar bilan tashqi savdo aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.