Toshkent shahrida tayyor loyiha asosidagi yer uchastkalari sotuvga chiqdi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Katta Yangiobod MFY hududida 1,7 sotix maydonga ega yer uchastkasi sotuvga qo‘yildi.
Ushbu yer uchastkasining boshlang‘ich narxi 350 million so‘mni tashkil etadi. Xaridorlar uchun eng qulay tomoni — 12 oy davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etilgan.
Mazkur imkoniyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6-sentabrdagi PF-135-son Farmoni asosida yaratilgan bo‘lib, tadbirkorlarga tayyor loyiha asosida qurilishni boshlash uchun qulay sharoit yaratadi.
Shuningdek, xaridorlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ruxsatnomalarni olishga ortiqcha vaqt hamda xarajat sarflamasdan, yer sotib olingan zahoti qurilishni boshlashlari mumkin.
Toshkentning qulay lokatsiyasida joylashgan ushbu uchastkalar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyat yaratadi.
O‘zA