Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida qo‘shimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etiladi
10:15 / 2023-07-27

2023 yil 26 iyulda "Toshkent shahrini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, madaniyat va istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bulvarlar qiyofasini o‘zgartirish, yashil hududlarni keskin ko‘paytirish orqali poytaxtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirish Toshkent shahrini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.  

Shunga ko‘ra, Toshkent shahrida qo‘shimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etiladi.  

Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi 2027 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.  

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi etib qayta nomlandi.  

Farmon bilan davlat va tadbirkorlar o‘rtasida “ko‘prik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.  

 

O‘zA