Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultonova ishtirokida xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan zamonaviy “Oila va xotin-qizlar maskani” tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha imkoniyatlar hamda huquqiy kafolatlar yaratilgan.


Mazkur maskan ham xotin-qizlarning faolligini oshirish, oilaviy muhitni mustahkamlash va sog‘lom avlod tarbiyasiga xizmat qiladi. Bu joy oilalar va xotin-qizlar uchun yagona kompleks xizmatlar markazi sifatida faoliyat yuritib, huquqiy, ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi.
Shuningdek, mutaxassislar qayd etganidek, maskan yoshlarni mustahkam oila qurishga tayyorlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim ijtimoiy platforma hisoblanadi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA