English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tadbirlar o‘tkazildi
09:49 / 2022-04-05

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, respublikamiz poytaxti tomon harakatlangan, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1978 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina Toshkent viloyatining “Chinor” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashinada 1196 dona “Tropikamid”, 5544 dona “Regapen” va 56 dona “Lirika” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1992 y.t. fuqaro qo‘lga olindi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston Respublikasidan olib kelingan ushbu dori vositalarini Toshkent shahriga berib yuborgan, Namangan viloyatida yashovchi, 1982 y.t. shaxs ham Andijon viloyatida ushlanib, uning “Neksiya” rusumli avtomashinasida bo‘lgan 1002 dona “Tropikamid” dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Boshqa bir tezkor tadbirda esa poytaxtimizning Yangihayot tumanida harakatlanayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1975 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida bo‘lgan 495 dona “Tropikamid” dori vositalari o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yildi. Shuningdek, ushbu dori vositalarining egasi - Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1992 y.t. shaxs qo‘lga olindi.

Uchtepa tumanida yashovchi, 1995 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinadan esa 1680 dona “Regapen” dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

DXX xodimlarining shahar IIBB va bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida esa Namangan viloyatida yashovchi, 1987 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashina Shayxontohur tumani hududida to‘xtatildi va unda 198 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlandi. 

Shuningdek, ularni sotib olmoqchi bo‘lgan, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi, 1965 y.t. shaxsning yashash xonadonidan 50 dona “Tropikamid” va 56 dona “Regapen” dori vositalari olindi.

Yunusobod tumanida qayd etilgan holatda “marixuana” giyohvandlik vositasi hamda “mefedron” sintetik moddasi tayyorlovchi narkolaboratoriya tashkil qilgan 1991 va 1993 yillarda tug‘ilgan ikki fuqaro qo‘lga olindi. Ta’kidlash lozimki, ular narkotik moddalarni “Telegram” messenjeridagi maxsus guruhlar orqali sotish bilan shug‘ullanishgan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

<iframe width="950" height="534" src="https://www.youtube.com/embed/fG13xECHY_Y" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>