Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi
17:38 / 2025-12-25

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati tomonidan navbatdagi samarali tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Toshkent shahrining Yangihayot tumanida o‘zaro aloqador bo‘lgan besh nafar shaxs qo‘lga olinib, 13 ming 607 nafar fuqaroni zaharlashi mumkin bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy tarqalishi oldi olindi.

Dastlabki tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Otabek ismli fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish jarayonida o‘tkir hidli kukunsimon modda aniqlangan. Shundan so‘ng tezkor tadbirlar davom ettirilib, Igor ismli fuqaro 550 ming so‘m evaziga besh dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, Shohrux ismli shaxs 2 million 200 ming so‘m evaziga 55 dona pregabalin kapsulalarini sotayotgan chog‘ida ushlandi. Uning yonidan yana 60 dona noqonuniy dori vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur ishga aloqador bo‘lgan Nasiba ismli shaxs ham 500 AQSH dollari evaziga 105 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Gumonlanuvchining yashash xonadonini ko‘zdan kechirish jarayonida qo‘shimcha ravishda 29 dona pregabalin dorilari aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.

Tezkor tadbirlar natijasida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning manbasi ham fosh etildi. Xususan, Shayxontohur tumanida Aziz ismli fuqaro 30 million so‘m evaziga 750 dona pregabalin dorilarini sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. Uning xonadonida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish davomida yana 12 ming 600 dona shunday noqonuniy dori vositalari aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hamroz Bayanov, O‘zA