English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida Ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bittadan Ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktablari tashkil etiladi
09:38 / 2025-12-31

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bittadan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatlar negizida Ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktablari tashkil etiladi. 

Qarorga ko‘ra, quyidagilar Inklyuziv markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda o‘qitish va kasbga o‘rgatish, ularni inklyuziv ta’lim muhitiga tayyorlash va ijtimoiy moslashtirish; 

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning individual ta’lim rejalari hamda individual rivojlanish xaritalari bo‘yicha talablarni ishlab chiqish, tajribadan o‘tkazish va joylarda tatbiq etilishini monitoring qilib borish; 

davlat ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan, inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yilgan maktablarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlaydigan pedagoglarga joyiga chiqib amaliy yordam ko‘rsatish va sayyor o‘quv-seminarlar o‘tkazish; 

maxsus pedagoglar uchun amaliy stajirovka va o‘quv-seminarlarni tashkil etish; 

maxsus pedagoglar faoliyatiga doir talablarni belgilash, ularning bilim va ko‘nikmasini baholash metodologiyasini ishlab chiqish hamda kasbiy sertifikatlash; 

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limi uchun zamonaviy metodikalar, o‘quv-didaktik materiallar va assistiv vositalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish; 

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga reabilitatsiya, korreksion va psixologik-pedagogik xizmatlarni ko‘rsatish. 

Inklyuziv maktablarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda o‘qitish va kasbga o‘rgatish, ularni inklyuziv ta’lim muhitiga tayyorlash va ijtimoiy moslashtirish; 

maxsus pedagoglarga joyiga chiqib amaliy yordam ko‘rsatish va sayyor o‘quv-seminarlar o‘tkazish; 

maxsus pedagoglar uchun amaliy stajirovka va o‘quv-seminarlarni tashkil etish; 

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida korreksion va psixologik-pedagogik xizmatlarni ko‘rsatish; 

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ota-onalari uchun pedagogik va psixologik ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan maxsus kurslarni tashkil etish. 

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Inklyuziv markaz tarkibida tajriba-sinov tariqasida inklyuziv-korreksion maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va unda ta’lim jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi: 

boshlang‘ich sinflar uchun o‘quvchilarni moslashtirish, ta’lim va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek, individual ta’lim rejasi asosida korreksion va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan inklyuziv sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi; 

o‘rta va yuqori sinflarda individual ta’lim rejasi asosida fan, kasb va korreksion mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;

inklyuziv-korreksion maktabning o‘rta va yuqori sinflarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan 8 nafar o‘quvchi uchun 1,0 birlik hisobidan pedagog lavozimi, boshlang‘ich inklyuziv sinflarda 14 nafar o‘quvchi uchun 1,0 birlik hisobidan pedagog lavozimi, o‘rta va yuqori sinflarda 20 nafar alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun 1,0 birlik hisobidan yordamchi pedagog lavozimi shtat birliklari ajratiladi. 

Inklyuziv markazda faoliyat ko‘rsatuvchi texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning lavozim maoshlariga 50 foiz, qolgan barcha xodimlarning lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida byudjet mablag‘lari hisobidan har oylik ustamalar tulanadi. 

Inklyuziv markaz alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning individual ta’lim rejalari va individual rivojlanish xaritalarini maxsus maktablarda joriy etilishi va yuritilishini tahlil qilib boradi hamda joyiga chiqqan holda o‘rganib boradi. 

Inklyuziv markazda: 

umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida ta’lim oluvchi nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun asosiy maktabdagi darslariga qo‘shimcha fan, kasb va korreksion mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi; 

2026 yil 1 oktyabrdan boshlab davlat ta’lim tashkilotlarining maxsus pedagoglari uchun amaliy stajirovkalar tashkil etiladi. 

2027 yil 1 yanvardan boshlab Inklyuziv markazda davlat ta’lim tashkilotlari maxsus pedagoglarining bilim va ko‘nikmasini baholash uchun maxsus pedagoglarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. 

O‘zA