French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida hali yechimini kutayotgan masalalar ko‘pligi qayd etildi
18:37 / 2025-12-16

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

– Eng avvalo, shahar aholisini tashvishga solayotgan ekologiya, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish va sifatli boshqaruv masalasida shahar mas’ullari yondashuvini o‘zgartirishi zarur, – dedi Prezidentimiz.

Misol uchun, Yunusobodda besh yilda 500 ming kvadrat metr yirik savdo komplekslari barpo etilib, savdo va xizmat ko‘rsatish hajmi joriy yilning o‘zida 76 trillion so‘mga yetdi. Shayxontohur, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ham katta o‘zgarishlar bor.

Lekin Yashnoboddagi «Texnopark»da yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish uchun hali katta salohiyat borligi ta’kidlandi. Yangihayotdagi «Toshkent indeks» loyihasida esa qurilgan 6,5 mingta savdo ob’ektining yarmidan ko‘pi bo‘sh turgani qayd etildi.

Yashnobod va Yangihayot tumanlari hokimlariga tadbirkorlarga sharoit yaratib bersa, birgina shu loyihalarni to‘liq ishga tushirish orqali yana kamida 10 mingta ish o‘rni tashkil qilish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Toshkent shahrida yashirin iqtisodiyot ulushi 9,5 foizni tashkil qilayotgani, mutasaddilar uni qisqartirish bilan tizimli shug‘ullanishi shartligi ta’kidlandi.

O‘zA