Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida epidemiologik vaziyat qanday?
08:38 / 2021-06-12

Mamlakatimizda mart oyining ikkinchi yarmidan koronavirus infeksiyasining tarqalish tendensiyasi oshib bordi va o‘sish sur’ati aprel-may oyida ham davom etdi. Ayniqsa, Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat boshqa hududlarga nisbatan murakkabligicha qolmoqda. Shuningdek, Toshkent va Samarqand viloyatlarida ham vaziyat murakkabligi saqlanib turibdi.

Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan “O‘zbekistonda "SOVID-19" qarshi kurash doirasida qilinayotgan ishlar, emlash jarayonidagi muhim vazifalar” mavzuida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

Anjumanda O‘zbekiston va dunyoda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyat, aholini ommaviy emlashning samaradorligi, kasallikning oldini olishda ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanishicha, PZR test tahlili (18 soat ichida) natijasi musbat chiqqan taqdirda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda davolash ishlari tashkil etilmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan mavsum boshidan boshlab bugungi kunga qadar 9 ming 553 247 ta PZR test sinovlari o‘tkazilgan.

Barchamizga ma’lum, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbirlar doirasida aholini ommaviy koronavirusga qarshi emlash jarayonlari o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning bugungi kunigacha respublikada jami 5 ming 400 ming doza koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olib kelindi va taqsimot orqali hududlarga tarqatildi.17 mart kuni Hindiston davlatida COVAX dasturi asosida ishlab chiqarilgan 660 ming doza “Kovishild” vaksinasi olindi, Xitoyning “Ayhui Zhifei Longcom” kompaniyasi va o‘zbek olimlari bilan birgalikda ishlab chiqarilgan 4,5 million doza yangi rekombinant “ZF-UZ-VAS 2001” koronavirus vaksinasi, Rossiyaning “SPUTNIK-V” Gam KOVID-Vak vaksinasidan 120 ming doza birinchi va 120 ming doza ikkinchi komponentlari miqdorida olib kelindi.

10 iyun holatiga respublikamizda jami 3 million 328 ming 998 doza koronavirusga qarshi vaksina bilan emlash tadbirlari o‘tkazildi. Shundan 646 116 dozasi (26,0 foizi) AstraZeneca vaksinasi, 1 766 811 dozasi (70,0 foizi) ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi va 116681 dozasi (5,0 foizi) “SPUTNIK-V” vaksinasi bilan aholi emlandi.

Mohigul Qosimova, O‘zA