Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida 16 nafar bemor tuzaldi, 81 yoshli otaxon ham
15:24 / 2020-05-01

Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasidan 16 nafar bemor butkul sogʻaydi.


Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasidan 16 nafar bemor butkul sogʻaydi. Ular Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sogʻayganlarning 6 nafari Rossiya Federatsiyasidan Qozogʻiston Respublikasi orqali yurtimizga kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. 10 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning eng yoshi kattasi 81 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 364 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 380 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1175 nafarga yetdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.