English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida 13 nafar bemor tuzaldi, sogʻayganlar 1800 nafardan oshdi
16:04 / 2020-05-09

Tuzalganlarning 10 nafari xorijdan kelgan va kasallik aniqlangach karantinga olingan.


Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami 13 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiya kuzatildi.

Tuzalganlarning 10 nafari xorijdan kelgan va kasallik aniqlangach karantinga olingan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 548 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 561 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1803 nafarga yetdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.