French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida “11 million daraxt” aksiyasi davom etmoqda
15:36 / 2020-02-26

Yurtimizga yoshlik, go‘zallik fasli bahor kirib kelmoqda. An’anaga muvofiq mamlakatimizning har bir hududida mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tkazilmoqda.


Yurtimizga yoshlik, go‘zallik fasli bahor kirib kelmoqda. An’anaga muvofiq mamlakatimizning har bir hududida mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar prokurorining Mirobod tumani yoshlari bilan uchrashuvi doirasida “Yashil tashabbus” shiori ostida Farmasevtika instituti oldidagi yer maydoniga manzarali ko‘chatlar o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Elbek Inamjonov, tumanning to‘rt sektor rahbari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ma’lumki, Toshkent shahar prokuraturasi tashabbusi bilan poytaxt hududida “11 million daraxt” aksiyasi ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Aksiya doirasida tumanlarning har birida bir million donadan daraxt ekish rejalashtirilgan.

Mazkur aksiya daraxtzorlarning kamayib borishi, dunyoda yuz berayotgan iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, keng jamoatchilikni ixtiyoriy birlashtirib, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratish, fuqarolarda mas’ullik tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida tashkil etilgan.

– Toshkent shahar prokuraturasi poytaxtdagi to‘rtta sektor rahbari va keng jamoatchilik bilan birgalikda har bir tumanda bir milliontadan daraxt ekish aksiyasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi, – dedi Toshkent shahar prokurorining katta yordamchisi Bobur Abdullaev. – Bugungi kunda har bir tumanda mazkur aksiya ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Ko‘chat ekishda nafaqat ko‘ngilli yoshlar, balki rahbarlar ham faol qatnashmoqda.

Aksiya doirasida Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari E.Inomjonov, tumanning to‘rt sektor rahbari Toshkent farmasevtika institutining talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Institutning 1-sonli talabalar turar joyi o‘tgan yili foydalanishga topshirilgan. Ayni paytda unda 330 talaba istiqomat qiladi. Bu yerda talabalar uchun barcha sharoit yaratilgan.

Prezidentimiz ilgari surgan 5 tashabbus doirasida talabalarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida alohida xona ajratilib, kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Talabalar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida kompyuter xonasi ham tashkil etilgan. Binoda internet tarmog‘idan bepul foydalanish imkoniyati yaratilgan. Kutubxona faoliyat yuritmoqda. Talaba-qizlar hunar o‘rganishini tashkil etish maqsadida tikuv xonasi ham ishlab turibdi. Institut rahbariyati ularga ikkita tikuv mashinasi olib bergan.

Talabalar 5 tashabbus ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni namoyish etdi. Yosh shoir Azizbek Ochilboevning “Orzular qanoti” she’riy kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

– To‘qqiz yoshimdan buyon nazm yo‘nalishida ijod qilib kelmoqdaman, – dedi Azizbek Ochilboev. – O‘n yildan buyon birinchi she’riy kitobimni chiqarishni orzu qilar edim. Biroq moddiy mablag‘ borasida muammo yuzaga kelgandi. Tuman prokurorining qo‘llab-quvvatlashi bilan “Orzular qanoti” nomli ilk she’riy to‘plamim chop etildi. Rahbarlarning yoshlarga bo‘lgan bundan e’tiboridan boshim ko‘kka yetdi.

Shu kuni Mirobod tumanidagi 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida voleybol bo‘yicha umumta’lim maktab o‘quvchi-qizlari o‘rtasida “Prokuror kubogi” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.

Unda tumandagi 125-sonli maktab o‘quvchilari uchinchi, 94-maktab o‘quvchilari ikkinchi, 294-sonli maktab o‘quvchilari esa faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari E.Inomjonov, tumanning to‘rt sektor rahbari g‘oliblarga kubok, diplom, medal va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

“Toshkent shahrida 11 million daraxt” aksiyasi 11 tumanda davom etmoqda.