Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahri va viloyatida vaqtinchalik «propiska»ning yangi soddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda
08:37 / 2022-10-29

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 27 oktyabrda O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning tajriba-sinov tariqasidagi yangi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi yanada takomillashtiriladi.

Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha maxsus planshet qurilmalari orqali elektron ro‘yxatga olish faoliyati 2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

Fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha mulkdorning arizasida yoki soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga vaqtincha ro‘yxatga olinadi.

Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqarolar kelgan kunidan boshlab 15 kun muddatda o‘z xohishiga ko‘ra, quyidagilarga murojaat qilishi mumkin:

— Qulay manzildagi profilaktika inspektorlariga;

— Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga;

— Davlat xizmatlari markazlariga;

— Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)ga.

Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida vaqtincha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.

O‘zA