Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlarida qurilish va kommunal xo‘jaligiga javob beradigan 1 nafar o‘rinbosar bo‘lishi qaror qilindi
10:58 / 2024-01-29

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda transport tizimini raqamlashtirish, yo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasiga xususiy sektorni jalb qilish, temir yo‘lda yuk tashish avtomobilga nisbatan 3 barobar ko‘p vaqt talab qilayotgani, havo ifloslanishini oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va hisob-kitoblar qilinmayotgani bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar faoliyatidagi qoloqliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Kompleks tarkibiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust bo‘lgan o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilib, ularga aniq KPI belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilandi.  

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlarida qurilish va kommunal xo‘jaligiga javob beradigan 1 nafar o‘rinbosar bo‘lishi qaror qilindi.

 

O‘zA