Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahri jamoasi Prezident kubogini qo‘lga kiritdi
12:17 / 2026-03-01

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida olimpiya sport turi taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi bahslari mamlakatimizda ushbu sport yo‘nalishida shug‘ullanib kelayotgan yoshlar uchun chinakam sport bayrami ko‘rinishini oldi.

Ikki kunlik shiddatli musobaqalar davomida mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 200 nafardan ziyod taekvondochi yoshlar o‘z iste’dodini namoyish etishdi. Murosasiz bahslar yakunida umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi 1-o‘rinni egalladi va Prezident kubogi bilan taqdirlandi. Keyingi o‘rinlar Toshkent viloyati hamda Farg‘ona viloyati jamoalariga nasib etdi. 

T. Ro‘ziyev, O‘zA