Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahri jamoasi O‘zbekiston kubogida g‘olib bo‘ldi
10:22 / 2025-05-06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi va karlar sport federatsiyasi tomonidan poytaxtimizning Bektemir tumani 1-sonli sport maktabida kar va zaif eshituvchilar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final bosqichi o‘tkazildi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoadan iborat 250 dan ortiq ishtirokchi o‘rtasida tashkil etilgan mazkur kubokda Toshkent shahri jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Farg‘ona va Xorazm viloyati jamoalari ikkinchi hamda uchinchi o‘rindan joy oldi.  

Musobaqa yakunida Behzod Egamberdiyev (Toshkent shahri) eng yaxshi o‘yinchi, Odamboy Ikramov (Xorazm viloyati) eng yaxshi darvozabon va Boburjon Alimov (Andijon viloyati) eng yaxshi to‘purar deya e’tirof etildi.  

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA