Toshkent shahri bo‘ylab ekologik reyd-tadbirlari o‘tkazildi
Jarayonda 739 ta reyd tadbirlar o‘tkazilib, 584 ta ekologik qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Huquqbuzarlarga nisbatan 357.6 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi. Davlat byudjeti foydasiga 57.2 million so‘m undirildi. Tabiatga yetkazilgan 132.6 million so‘m zarar aniqlanib, undan 43.6 million so‘m miqdoridagi jarima undirildi.
Chiqindilar bilan bog‘liq yo‘nalishida 534 ta qonun buzilish holatlari yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MVOQftArTyQ" title="Toshkent shahri bo‘ylab ekologik reyd-tadbirlari o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov,
Hamroz Bayonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA