Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahri bosh imom-xatibi: Ramazon oyida ezgu ishlarni yana-da koʻpaytirishimiz kerak
19:12 / 2020-04-23

Boshlanayotgan Ramazon oyi oldidan bunday hayrli ishlar, saxovat yoʻlidagi saʼy-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi.


Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Toshkent shahri bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov bugungi sinovli kunlarda muhtojlarga koʻrsatilayotgan moliyaviy yordamning savobi haqida fikr bildirdi.

– Boshlanayotgan Ramazon oyi oldidan bunday hayrli ishlar, saxovat yoʻlidagi saʼy-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishlar majburiy emas. Biroq, din tomonidan badavlat musulmon insonlarga shu kabi hayrli ishlarni amalga oshirish lozimligi aytilgan.

Bu borada hadislarda koʻplab ibratli gaplar keltirilgan. Hayotda barcha orzularimizga erishib, oʻzimizni tiklab olganimizda ota-onamiz olamdan oʻtib ketgan boʻladi. Shunday paytda qani edi ular boʻlganida, dunyolarni bergan boʻlar edim, deya afsus qiladi kishi. Koʻpchilikda shunday armon bor. Ehtiyojmandlarga qoʻldan kelgancha yordam berishni muborak Ramazon oyida yana-da koʻpaytirishimiz zarur. Shunday qilsak savobi katta boʻladi. Ilgarilari oʻtkazilgan iftorlik marosimlarida katta isrofgarchilik boʻlgan. Shunday dabdabali yigʻinlarni bugun eslasak uyalamiz. Chunki oʻsha xarajatlarga qanchadan-qancha insonlarni qornini toʻydirsa boʻlar edi.

Bugun ezgu ishlarni faqat musulmon boʻlganimiz uchun emas, balki Ona Vatan ravnaqi uchun ham qilish fuqarolik burchimizdir. Lekin ayrim hollarda ijtimoiy tarmoqlarda baʼzi sharhlarni oʻqiganda xafa boʻlib ketman. Qilinayotgan ishlarni tanqid qilishdan oldin oʻzim jamiyat rivoji uchun nima qildim? degan savolga javob bera olamizmi. Shunday ekan barchamiz el boshiga ish tushganda kamarbasta boʻlishini unutmaylik.