Toshkent shahri, Andijon, Samarqand viloyatlarida OIV bilan kasallanish holati ko‘paymoqda
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 13 fevraldagi qarori bilan ftiziatriya va pulmonologiya yordami ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida yurtimizda kasallanganlar umumiy soni 2 mingtaga, yangi xastalanish ko‘rsatkichlari 10 foizga, o‘lim holatlari 17 foizga kamaydi.
Lekin so‘nggi yillarda koronavirus epidemiyasi sababli yurtimizda o‘pka kasalliklari bo‘yicha dispanser nazoratidagi bemorlar soni 18 foizga oshgan.
Hududlarda tuberkulyoz bo‘yicha 5 xil yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga talab bo‘lsa-da, bu xizmatlar faqat Toshkent va Nukus shaharlarida to‘liq yo‘lga qo‘yilgan.
Odam immuniteti tanqisligi virusi bilan kasallanish holatlari ham, afsuski, ko‘paymoqda. Bu ko‘rsatkich, ayniqsa, Toshkent shahri, Andijon hamda Samarqand viloyatida yuqori .
O‘zA