Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahri aholisi dori vositalari uchun besh oyda 2,1 trillion so‘m xarajat qilgan 
14:32 / 2024-06-20

Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston bo‘yicha 8 ming 2 ta dorixona ro‘yxatga olingan. Ushbu dorixonalarda 15 ming 609 ta onlayn-NKT mavjud.

Xarid qilingan dori vositalari uchun iste’molchilarga berilgan fiskal cheklarda ko‘rsatilgan MXIK asosida aholining tibbiy preparatlar uchun qancha mablag‘ sarflayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar shakllanadi. Joriy yilning 5 oyida dori vositalari uchun eng katta xarajatlar Toshkent shahri (2,1 trillion so‘m) qayd etilgan. Bunga sabab, ko‘rsatkichlari yirik tibbiyot muassasalari aynan ushbu hududda joylashgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand (986,9 milliard so‘m) va Toshkent viloyatlari (663,4 milliard so‘m) qayd etilgan. 

Respublika hududlari kesimida eng kam xarajatlar Jizzax, Navoiy va Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. 

Yuqoridagi raqamlar va har bir hududda ro‘yxatga olingan aholi sonidan kelib chiqqan holda yil boshidan o‘rtacha bir kishi dori vositalariga Toshkent shahrida – 750 ming so‘m xarajat qiladi. Buxoro viloyatida – 277 ming so‘m, Samarqand viloyatida – 245,1 ming so‘m sarflagan. 

Yanvar-may oylarida aholi jon boshiga nisbatan kamroq xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan. Qashqadaryo viloyatida – 120 ming so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 118 ming so‘m, Surxondaryo viloyatida – 114 ming so‘mni tashkil etadi. 

Bunday ma’lumotlar soliq organlarining ma’lumotlar bazasida nafaqat viloyatlar, balki har bir tuman va mahalla kesimida shakllanadi. Fiskal cheklar ma’lumotlari tahliliga ko‘ra, eng ko‘p mablag‘ yurak-qon tomir kasalliklari, infeksion kasalliklar, og‘riq qoldiruvchi vosita, asab tizimi kasalliklari, oshqozon-ichak kasalliklari, nafas olish yo‘llari kasalliklari, tayanch-harakat tizimi, tomoq-burun kasalliklari, jigar kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalariga sarflangan. 

Soliq qo‘mitasi mutaxassislarining qayd etishicha, dori vositalari majburiy raqamli markirovkalanishi lozim. Shunda dori vositalari markirovkasining haqiqiyligini Soliq mobil ilovasi orqali tekshirish mumkin bo‘ladi. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA