English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahar transport boshqarmasi muammoning yechimini topdi
20:36 / 2024-08-22

O‘zA tanqididan so‘ng

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi saytida joriy yilning 5 iyul sanasida 159-avtobus yo‘nalishidagi muammo qachon bartaraf etiladi? (https://uza.uz/uz/posts/159-avtobus-yonalishidagi-muammo-qachon-bartaraf-etiladi_613661) hamda 16 avgust kuni 5 oydan beri avtobus kelmaydi  (https://uza.uz/uz/posts/5-oydan-beri-avtobus-kelmaydi-video_625709) sarlavhali tanqidiy maqola va videotanqid e’lon qilingan edi. 

Mazkur tanqidiy materiallarda Toshkent viloyati Qibray tumani Haydarobod mahallasi aholisi tomonidan Agentlikka yo‘llangan murojaat yuzasidan jurnalist surishtiruvi xulosasi bayon etilgan. 

[gallery-18848]

Aholi o‘z murojaatida hududga Haydarobod mahallasiga avvallari qatnagan 16-raqamli hamda 159-avtobuslarning qatnovi butkul to‘xtatib qo‘yilgani, bu mahallada istiqomat qiluvchi 700 dan ziyod xonadon vakillarining qiynalishiga sabab bo‘layotganini bildirib, muammoni hal etishda yordam so‘ragan.

O‘zA muxbirlari manzilga chiqib, vaziyat bo‘yicha o‘z xulosasini bayon etgach, Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan hududga “Navro‘z bozori – Uchxoz” yo‘nalishida 159-raqamli ikkita, katta sig‘imdagi “Yutong” rusumli avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, boshqarma mutasaddilari jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, shu yilning kuz oylarida 1 ming 200 dona zamonaviy elektrobus xarid qilinishi rejalashtirilganini bildirib, ular keltirilishi bilan yo‘nalishdagi avtobuslar soni ko‘paytirilishini ma’lum qildi. 

O‘zA