Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish, shu orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish, buning uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirish lozim.
Joriy yilning 28 iyul kuni yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni imzolandi. Ushbu Qonunning mazmun va mohiyatini keng aholi o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulovning tashabbusiga ko‘ra, sudyalar tomonidan aholi orasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi.

Xususan, yuqorida qayd qilingan qonunning mazmun va mohiyatini tushuntirish maqsadida Toshkent shahar sudining sudyalari Ikrom Almanov, Malika Zakirova, fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudi raisi o‘rinbosari Omon Sattorov, sudya Jasur Sirojev tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yuzrabot” MFYda shu hududda ishlovchi va yashovchi fuqarolar bilan kengaytirilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Kengaytirilgan davra suhbatida ma’ruzachilar tomonidan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun va mohiyatiga to‘xtatilib o‘tildi. Yangi qonunda sudyalar maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari va sudya lavozimiga nomzodlar va saylanadigan shaxslarga qo‘yilgan talablar halqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Omon Sattarov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi rais o‘rinbosari: - Hujjatda sudyalarning intizomiy javobgarligi qayta ko‘rib chiqilganligi, sudyalarning vakolatlarini bekor qilish asoslari va tartibi aniqlashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlanishiga qaratilganligini tinglovchilar e’tiboriga yetkazildi. E’tirof etib o‘tish o‘rinliki, yangi tahrirdagi qonunda sud majlisiga hozir bo‘lgan shaxslar va OAV vakillari qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olish, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilganligi alohida ahamiyatga ega ekanligi va uni tartibi yoritib berildi. Ta’kidlash joiz sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda qonun ustuvorligini va ijtimoiy adolatni, korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur sayyor tabirda fuqarolik ishlari bo‘yicha axolini huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, mazkur xududda yashaydigan aholining huquqiy masalalar bo‘yicha muammolari eshitildi, mazmunan yechimi masalasi bo‘yicha tavsiyalar berish ishlari ko‘rildi.
Uchrashuv so‘ngida fuqarolar bunday tadbirlarni davomli qilish taklifini bildirishdi va muddatlari haqida o‘zaro kelishib olindi.