Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent shahar spartakiadasi”ning ochilish marosimi oʻtkazildi
17:29 / 2018-11-03

Xabaringiz bor poytaxtimizda sportning 18 turi boʻyicha “Toshkent shahar spartakiadasi” sport musobaqalari oʻtkazilmoqda


Xabaringiz bor poytaxtimizda sportning 18 turi boʻyicha “Toshkent shahar spartakiadasi” sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Mazkur musobaqa Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Toshkent shahrida hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga oʻz qobiliyat va isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, ular oʻrtasida iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida, hamda poytaxt yoshlar terma jamoasini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Bugun, 3 noyabr kuni “Universal” sport saroyida ushbu sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.

Spartakiadada 18 yoshgacha boʻlgan Toshkent shahrining tuman bosqichlaridan saralangan ikki ming nafardan ziyod sportchi badiiy gimnastika, basketbol, boks, badminton, voleybol, dzyudo, yengil atletika, qoʻl toʻpi, stol tennisi, suzish, sport gimnastikasi, taekvondo WTF, karate WKF, kurash, qilichbozlik, shaxmat, yunon-rum va erkin kurash sport turlari boʻyicha raqobatlashmoqda.

“Toshkent shahar spartakiadasi”ning tantanali ochilish marosimidan soʻng, taekvondo WTF boʻyicha final janglari oʻtkazildi.

Ushbu musobaqaning oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bahslarda Ravshan Ikromov, Azimbek Rustamov, Mirsaid Ergashev, Jamol Yoʻldoshev shohsupaga koʻtarildi.

Qizlar oʻrtasida Madinabonu Alimova birinchi, Shahzoda Sharipova ikkinchi, Xurshida Toʻraboyeva hamda Madina Faxriddinova uchinchi pogʻonadan joy oldi.