Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahar sardorlari saylandi
15:06 / 2024-12-01

Poytaxtimizdagi Yoshlar markazida “Yuksak maqsadlar sari birlashaylik!” shiori ostida Toshkent shahar sardorlarining I forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda hamkor tashkilot vakillari va poytaxtimizda joylashgan umumta’lim maktablarining sardorlari ishtirok etdi.  

Forumda 10 ta tumandan 17 nafar nomzod o‘z taklif va rejalarini taqdimot qildi. Sardorlar ochiq ovoz berish orqali saylandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, bosh sardor Azamat Abdulatipov, "Yashil makon" yo‘nalishi bo‘yicha Mohiroza Mahkamova, "Ta’lim" yo‘nalishida Munisa Xo‘jayeva, "Imkon" yo‘nalishida Malika Murodxonova, "Sport" yo‘nalishida Madina Abdukamilova, "San’at" yo‘nalishida Yasmina Xo‘jayeva hamda "Media va IT" yo‘nalishida Sardor Pardaboyev sardor sifatida saylandi.

Endilikda mazkur sardorlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha maktablarda o‘quvchilarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA