Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahar jinoyat sudlarida o‘tgan yil 115 nafar shaxs oqlandi
14:41 / 2025-02-06

Toshkent shahar sudida poytaxt sudlarining 2024 yilgi faoliyati yakunlari munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudlari tomonidan 12 ming 38 nafar shaxsga nisbatan 9 ming 886 jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan. 115 nafar shaxsga nisbatan oqlov qarorlari chiqarilgan, 2 ming 577 holatda tergov organi tomonidan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan.  

Jinoyat oqibatida yetkazilgan 412,3 milliard so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rnini qoplagan 1 ming 124 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan, 1 ming 196 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan.  

[gallery-21625]

Odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilikning kafilligi asosida jami 25 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki qonunda nazarda tutilganidan ko‘ra yengilroq jazolar tayinlangan. 226 nafar shaxsga tayinlangan jazolar yengilroq jazo bilan almashtirilgan, 2 ming 798 nafar shaxs muddatidan ilgari jazo (qamoq)dan ozod qilingan.  

Toshkent shahar va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlari tomonidan 113 ming 128 nafar shaxsga nisbatan 95 ming 908 ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan. Tamomlangan ishlar bo‘yicha 84 ming 460 nafar shaxsga nisbatan qaror chiqarilgan, 28 ming 668 nafar shaxsga nisbatan ishlar tugatilgan.  

Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan jami 287 ming 216 ish hal qilingan. Ko‘rilgan ishlarning 67 ming 580 tasi fuqarolik ishlari, 195 ming 838 tasi sud buyruqlari, 23 ming 649 tasi material va 149 tasi hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lgan.  

Toshkent shahar iqtisodiy sudlariga hisobot davrida jami 135 ming 994 da’vo arizasi va arizalar kelib tushgan. Shundan 128 ming 810 tasi ish yuritishga qabul qilinib, 124 ming 964 tasi ko‘rib chiqilgan, 119 ming 589 tasi bo‘yicha da’vo talabi qanoatlantirilgan. 2 ming 823 tasi bo‘yicha da’vo talabini qanoatlantirish rad etilgan. 968 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan. 1 ming 584 da’vo arizasi (ariza) ko‘rmasdan qoldirilgan. Ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilga nisbatan 58,03 foizga ko‘paygan.  

Toshkent shahar ma’muriy sudlarining birinchi instansiyasiga 3 mingdan ortiq ariza (shikoyat)lar kelib tushgan. Shundan 265 tasini qabul qilish rad etilgan, 246 ariza (shikoyat) qaytarilgan. 2 ming 480 tasi ish yurituviga qabul qilinib, ko‘rib tamomlangan. Shuningdek, 31 ish material tartibida ko‘rilgan.    

Tamomlangan 2 ming 480 ishning 1 ming 51 tasi qanoatlantirilgan, 947 tasi rad qilingan, 319 tasi ish yuritishdan tugatilgan va 163 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.  

Ma’muriy sudlar tomonidan 472 xususiy ajrim chiqarilgan. Shundan 24 xususiy ajrim bo‘yicha mansabdor shaxslarga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.  

N.Abduraimova,  

R.Nazarmatov (surat),  

O‘zA