Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahar hokimligida Tunis delegatsiyasi bilan uchrashuv
14:08 / 2026-02-13

Poytaxt hokimligida Tunis delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov boshchiligidagi hokimlik vakillari hamda Tunis tomoni delegatsiyasi ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida qurilish va jamoat ishlari sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, investitsion loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdi.

Bunday uchrashuvlar mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yutuqlarni yanada takomillashtirish imkonini birishi bilan ham ahamiyatli.

Sherbek Islomov, O‘zA